A-
 A 
A+
https://old.quran.uz/components/com_gk2_photoslide/images/thumbm/351248quran_01.jpg
https://old.quran.uz/components/com_gk2_photoslide/images/thumbm/346660quran_02.jpg
https://old.quran.uz/components/com_gk2_photoslide/images/thumbm/879979538183904.jpg
thumbnailthumbnailthumbnail
https://old.quran.uz/components/com_gk2_photoslide/images/thumbm/802534ssssss.jpg
https://old.quran.uz/components/com_gk2_photoslide/images/thumbm/446341Banner_1.jpg
https://old.quran.uz/components/com_gk2_photoslide/images/thumbm/171121Banner_8.jpg
thumbnailthumbnailthumbnail
Танловга: Шеърлар
PDF Босма E-mail

«Farzandlarimga nasihat» turkumidan….
Tim qora sochingni ohista silab,
Yostig`ingga to`kildi yomg`irday jolam.
Hamma mehnatimga bir haq so`rayman:
Boshimga jannatda toj kiydir, bolam.

Allohdan so`rayman, hofiz Qur`on bo`l,
Otangdek sabrli, toza iymon bo`l.
Istasang tuproq bo`l yoki osmon bo`l,
Boshimga jannatda toj kiydir, bolam.

Men-ku qarzlarimni oqlolganim yo`q,
Robbimni har nafas yo`qlolganim yo`q,
Shu orzu dastidan uxlolganim yo`q,
Boshimga jannatda toj kiydir, bolam.

Sen qori bo`lsang men xizmatda bo`lsam,
Sening onang deyishsa, izzatda bo`lsam.
Ne baxt oxiratda hurmatda bo`lsam,
Boshimga jannatda toj kiydir, bolam.

Ko`nglimning to`rida bir umid yashar:
Seni duo etsin tinglagan bashar.
Orzumand yuragim o`lguncha shoshar,
Boshimga jannatda toj kiydir, bolam.

Sha`nimga ko`p she`rlar bitgin demayman,
Qo`limdan asodek tutgin demayman.
Mayli, Kabaga ham eltgin demayman,
Boshimga jannatda toj kiydir, bolam.

Qiroat aylasang Hazrat Usmondek,
Men yupanch topolsam toza iymondek.
Hulqingni sobit qil ayni Qur`ondek,
Boshimga jannatda toj kiydir, bolam.

O`zimning o`zimdan ko`nglim to`lmaydi,
Meni yaxshi ona deb ham bo`lmaydi.
Shu baxtga yetkazsang Onang o`lmaydi,
Boshimga jannatda toj kiydir, bolam.

Tim qora sochingni ohista silab,
Yostig`ingga to`kildi yomg`irday jolam.
Hamma mehnatimga bir haq so`rayman:
Boshimga jannatda toj kiydir, bolam.

N.Usmanova