A-
 A 
A+
https://old.quran.uz/components/com_gk2_photoslide/images/thumbm/351248quran_01.jpg
https://old.quran.uz/components/com_gk2_photoslide/images/thumbm/346660quran_02.jpg
https://old.quran.uz/components/com_gk2_photoslide/images/thumbm/879979538183904.jpg
thumbnailthumbnailthumbnail
https://old.quran.uz/components/com_gk2_photoslide/images/thumbm/802534ssssss.jpg
https://old.quran.uz/components/com_gk2_photoslide/images/thumbm/446341Banner_1.jpg
https://old.quran.uz/components/com_gk2_photoslide/images/thumbm/171121Banner_8.jpg
thumbnailthumbnailthumbnail
Танловга: SAODAT KALITI
PDF Босма E-mail

Adolatning mezonin,
Zul Jalolning kalomin,
Yer yuzining nizomin
Har lafzini shirkdan poklayin,
Qo’yib bering, Qur’on yodlayin

Faxr ila, ko’zda yosh ila,
Hidoyatga intilish ila,
Go’zal sabr va bardosh ila
Qo’yib bering, Qur’on yodlayin

Amal qilib har bir hukmiga,
Chiroq qilib olay qo’limga.
Misli ziyo bo’lsin yo’limda,
Qo’yib bering, Qur’on yodlayin

Jiddu jahd va ko’p rag’bat bilan,
Sodiqlig-u, ham g’ayrat bilan,
Cheksiz sevgi-muhabbat bilan,
Qo’yib bering, Qur’on yodlayin

Umid qilib mangu farog’at,
Bu dunyodan bo’lib bexojat,
Bor ne’matga qilib qanoat,
Qo’yib bering, Qur’on yodlayin.

Chetga surib o’yin-kulguni,
Kamroq qilib tunda uyquni,
Ko’zlarimga surib  men  uni,
Qo’yib bering, Qur’on yodlayin.

Qo’lga olsam, buyuk hamsuhbat,
O’lik qalbga baxsh etar hayot.
Oxiratda buyuk mukofot,
Qo’yib bering, Qur’on yodlayin.

Mo’min uchun hikmat va ibrat,
Johillikdan berar  u najot,
Inshalloh, qilar shafoat,
Qo’yib bering, Qur’on yodlayin.

Mo’jiza  u, buyuk mo’jiza,
Do’st bo’lganga, qanday yaxshi do’st?
Imkon qadar  men  bir ojiza,
Qo’yib bering, Qur’on yodlayin.

Bas,  toqatim yetgunigacha,
Qalbim obod etgunigacha,
To  qabrga ketgunimgacha,
Qo’yib bering, Qur’on yodlayin

Qabrdagi hamrohim bo’lsiп,
Sirotdagi yo’ldoshim bo’lsin,
Tashna qalbim hikmatga qonsin,
Qo’yib bering, Qur’on yodlayin…

ROBBIM ATO  ETGAN  XALOSKOR

Dunyo edi jaholat-u zalolatga bir makon,
Zulm, jabr, yоvuzliklar hukm surar beomon,
Mittigina go’dak qizlar boshlari uzra ketmon
Tiriklayin ko’milardi, na ko’rardi ro’shnolik,
Onalarning qalbi pora, qon yig’latar judolik.

Adolatni, vijdonini unutgan bu johillar,
Insonni inson emas, bir asir deya bilar.
Ayollar ham qadrsiz har eshikda xor-u zor
Yovuzliklar qa’rida na ko’rardi ro’shnolik,
O’zligidan ayrilgan, qon yig’latar judolik…
*  *  *
Habibimiz qalbiga solib cheksiz hidoyat,
Mazlum bandalariga aylab buyuk inoyat.
Ming kechadan afzal tunda nurli aylab osmonni,
Buyuk Robbim nozil qildi bu mo’jiza Furqonni.

23 yil davom etgan bu samoviy muloqot
Muslimlarga bo’ldi go’yo buyuk hadyа-mukofot.
Iymon yomg’iri ila unib chiqdi qalblarda
Yovuzliklar tuprog’iga singib ketgan diyonat.

Har lafzida fasohat madh etar iymonni,
Har lafzida balog’at karamlaydi insonni,
Hidoyat va ofiyat xazinasi, shubhasiz,
Ikki dunyo saodatin naqd qilguvchi mo’jiza.

Xabar berar moziydan fosiqlarning ahvolin.
Shayton vasvasasi-yu nabiylarning kamolin.
Solihlarga mukofot, gunohkorlarga chora.
Har lafzida cheksiz ma’no haqiqatga ishora.

Mazlumlarning qalblariga bahor bo’lib keldi  u,
Toptalgan huquqlarning badalidan xushxabar,
Huzurimda nasibang bor visolgacha qil sabr!
Deya xitob qildi Rahmon ojiz bandalariga.

Bundan ziyod nusrat bormi bu zaifa qalblarga
Mashaqqatlar ostida ortib borarim oni?
Dinsizlarning sitamlari ko’r qilar o’z qalblarin,
Mahrumlikdan ortiq jazo bormi  u  zolimlarga?
*   *   *
Ko’rdim  ne-ne  shoirlarni mashhur qilgan she’rlarin,
Ko’rdim  ne-ne  podshohlarning boshqaruv qonunlarin,
Lek yillar davomida yo’qotib o’z qiymatin,
Asrlar changalida singib ketdi moziyga.

XIV asr davomida saqlab komil suratin,
Mo’minlarning qalbiga ato etib ziyo-nur,
Robbim qildi o’z kalomin insoniyat ahliga
Zulmatdan nur  sari  olg’a yetaklovchi vosita…

Xadichai Kubro ayol-qizlar o`rta maxsus islom bilim yurti 3-kurs talabasi Malikova Muattar