Танловга: Шеър
Босма

Nozil qilmish ul Subhon,
Qilib dori-yu darmon.
Habibiga indirmish,
Atab nomini Qur'on.
Biling o'ttiz poradur,
Yuz o'n to'rtta suradur.
Olti mingdan ziyodroq,
Oyatga jo bu Qur'on.
Har bir harfi hikmatlik,
Kalimalar ibratlik.
Olam- olam ma'nolik,
Mo'jizadur bu Qur'on.
Rasul Hiroda erdi,
Tahannus-la band erdi.
Jabroil kelib quchdi,
«Iqro»-la keldi Qur'on.
Nozil bo'ldi Makkada,
So'ng o'n yil Madinada.
Parcha qog'oz, qalblarda,
Naqsh topdi bu Qur'on.
Asli Islom sandadur,
Iymon, irfon sandadur.
Qimmatbaho misli dur,
Qalb gavhari bu Qur'on.
Har kim qilsa tilovat,
Qalbi topgay halovat.
Mukofoti ul Jannat,
Saodatdur bu Qur'on.
Siddiq, Umar ham Usmon,
Bari jam qildi Qur'on.
Bizgacha oshdi dovon,
Haqiqatdur bu Qur'on.
O'qi! Ma'no anglasang,
O'qi! Omi bo'lsang ham,
Muqarrab etgay har dam,
Misli narvon bu Qur'on.
Nurafshon etgay qalbni,
Yoritgaydur yo'lingni.
Qo'ygin kori dunyoni,
Nur-u ziyo bu Qur'on.
Ochsang «Fotiha» turur,
Chunonam savlat to'kur.
Jumla dardga davodur,
Debocha «Ummul Qur'on».
Jumla mo'min bosh egar,
O'qilsa Qur'on agar.
Jinlar ham taslim bo'lar,
Oliy maqom bu Qur'on.
Oxir surasi An- Nos,
Qilgay shaytondan xalos.
Olti oyatdur, xоlos,
Misli qalqon bu Qur'on.
Oyatlar ko'pi muhkam,
Bordir mutashobih ham.
Ta'vil qilma sen hech dam,
Sinov-imtihon Qur'on.
Bordur Qur'onda qissa,
Chiqar ulardan hissa.
Shoyad hidoyat etsa,
Nasihatdur bu Qur'on.
Keldi Qur'on nur bo'lib,
Furqon misli hur bo'lib.
Yиgirma uch yil tushib,
Xotima topdi Qur'on.
So'ngi oyat ham tushdi,
To'qqiz kun firoq kechdi.
Shunda Rasul ham ketdi,
Risolatdur bu Qur'on.
Keldi Tavrot ham Zabur,
Unda bor hidoyat, nur.
Hatto Injil aytadur,
Kalomulloh bu Qur'on.

Nasimjon Olimjonov