QUR’ONI KARIM
Malakning tilida durdek tizilgan Robbimning eng oily buyuk so’zi bu. Sarvari Koinotga tuxfadek tushgan Iymonli qalblarda yashaydi mangu.
Bunday mo’jiza yo’q olamda buyuk, Ummatlarga meros jonidan suyuk, Udir oily dinning yashnagan toji, U bilandir Islom mangu jivoji
Bizlarga kerakdir havodan ortiq, O’qisam, nurlarga to’lsin yuzlarim. Allohning jamolin ko’rmoq yo’lida Mening hamrohim bo’l, QUR’ONI KARIM.
QUTLUG’ INOYAT
Mo’jiza so’raysiz oddiy hol ila, Sizga nima kerak bundan-da ulug’ Buyuk Robb atabdi Kalomim deya, Asli shu emasmi inoyat qutlug’
To’g’ri, rivojlanib ketmoqda zamon, Ildamlik bobida topmoqda imkon. Barcha mo’jizani o’zda jamlagan Baralla aytaman: bu − shaksiz, Qur’on.
Hozirda izlanaib topilgan ilm, Qur’onda Rasulga berilgan ta’lim. Barcha hikmatlaru − ilm o’chog’i Tashna musulmonga iymon bulog’i.
Ayting: bu dunyoda neni suyasiz? Nechun kuyib-yonib ko’p to’lg’onasiz? Kalamullohdan oyat tilovat eting, Sof fitratu iymon ila uyg’onasiz.
Keltirsangiz dunyodagi barcha ilmnи, Yetmaydi ta’rifin aylashga kuchi. Tog’larni titratgan ulug’vor kalom Vaqtlar o’taverar, qalbлarda har on.
Ilm tog’larining cho’qqisiga yeting Qur’oniy mo’jizalarini kashf eting Go’zal tilovati va amali ila Alloh jamoliга jannatga yeting….
Xadichai Kubro ayol-qizlar o`rta maxsus islom bilim yurti 4-kurs talabasi Akbarova Xavasxon
|